Yangi o‘quv yili boshlandi!
Bugun, 6-sentabrdan Toshkent moliya institutida yangi 2021/2022 o‘quv yili anʼanaviy taʼlim shaklida boshlandi.
Boshlanayotgan yangi o‘quv yilida barcha professor-o‘qituvchilarga hormay-tolmay talabalarga dars berishlariga, talabalar esa bor kuch-g‘ayratlari bilan taʼlim olishlariga tilakdoshmiz.
Fursatdan foydalanib, yana bir bor birinchi bosqichga qabul qilingan, mamlakatimizdagi eng nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan birida tahsil olish baxtiga sazovor bo‘lgan barcha yoshlarimizni tabriklaymiz!