“Zakovat’’ intellektual o’yini
Eng katta boylik - bu aql zakovat va ilm, eng katta me’ros- bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik-bilimsizlikdir!
Mamlakatimizda xalq farovonligi, ayniqsa, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor yildan-yilga kuchaytirilmoqda.
Shu jumladan, Toshkent moliya instituti “Byudjet hisobi va g’aznachilik’’ va ‘’Moliya’’ fakulteti 2-kurs talabalari o’rtasida 1-dekabr kuni “Zakovat’’ intellektual o’yini tashkil etildi.
Ushbu intellektual o’yinda talabalarga mantiqiy va qiziqarli savollar berildi. Bellashuvda ‘’Byudjet hisobi va g’aznachiligi’’ fakulteti ‘’Liderlar’’ jamoasi ‘’Moliya’’ fakulteti ‘’Moliyachi" jamoasini mag’lub etib g'oliblikni qo'lga kiritdi.