ЕРНИЯЗОВА ШАХНОЗА ЛАУРЕАТ ГОСУДАРСТВЕННОЙ СТИПЕНДИИ ПРЕЗИДЕНТА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН
ЕРНИЯЗОВА ШАХНОЗА ЛАУРЕАТ ГОСУДАРСТВЕННОЙ СТИПЕНДИИ ПРЕЗИДЕНТА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН

Butayev Javlonbek Inatillo o’g’li

 

Butayev Javlonbek Inatillo o’g’li 1995 yil 30 iyulda  Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2016-2020-yillarda Toshkent moliya instituti bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom asosida tamomlagan. Hozirda Toshkent moliya instituti Investitsiyalarni boshqarish yo’nalishi magistri hisoblanadi, shuningdek 2019-yildan hozirgi kungacha  institut Talabalar Kengashi prezidenti vazifasini bajarib kelmoqda. Shu bilan bir qatorda ilmiy faoliyat bilan faol shug‘ullanib 2 ta ilmiy monografiya, 50 dan ortiq xalqaro va respublika darajasidagi ilmiy maqola va tezislar muallifi bo’lgan va 1 ta mualliflik guvohnomasi(patent) egasi hisoblanadi. U O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi qoshida tashkil etilgan “Respublika Yosh Olimlar Kengashi” hamda “O’zbekiston Talabalar Assotsiatsiyasi” a’zosi sifatida o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda va hozirgacha bir qator xalqaro va respublika miqyosidagi tanlovlar, konferensiyalarda ishtirok etgan va ushbu anjumanlar doirasida 100 dan ortiq diplom, sertifikat va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan. Jumladan:

U 2020 yil dekabr oyida o‘tkazilgan xalqaro “Bir million dasturchi(One Million Uzbek Coders)” loyihasi doirasidagi “Students Cup” tanlovida faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan va 10 ming AQSh dollari mukofoti bilan taqdirlangan;

2020-yil Alison (Irlandiya)   on-line  xalqaro platformasida “Global Islamic Finance and Banking” nomli kursini a’lo bahoga tugatgan;

2020 yilda Osiyo taraqqiyot bank instituti(Asian Development Bank Institute - ADBI) Osiyo-Tinch okeani mintaqasi uchun samarali rivojlantirish strategiyalarini aniqlashga va rivojlanish muammolarini hal etish Xalqaro markazining “Financial Globalization, Capital Flows, and the Global Financial Cycle”, Green investments: Renewable Energy, Governing Sustainable Finance  mavzularidagi on-line kurslarni muvaffaqiyatli tarzda tamomlagan;

2021 yil HP Foundation tomonidan “Succes Mindset” HP LIFE on-line kursini a’lo bahoga tugatganligi uchun taqdirlangan;

2021 yil Finlandiyaning Aalto University, 2 ECTS kredit “Starting Up” on-line kursini a’lo bahoga tugatganligi uchun taqdirlangan;

2021 yilda Rossiyada o‘tkazilgan XI Yevroosiyo Iqtisodiy Yoshlar Forumi doirasida “Innovatsion loyihalarni investitsion va moliyaviy siyosatini shakllantirish va joriy qilish” xalqaro ilmiy tadqiqot loyihalari tanlovida faxrli birinchi o’rinni egallagan;

O‘z navbatida u Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining ilmiy–ta’lim muassasalari doirasida, Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida o‘tkazilgan “III Jahon  kitob nashriyoti” hamda "Yilning eng yaxshi yosh olimi – 2021" Xalqaro loyihasida ishtirok etish barobarida Iqtisodiyot yo‘nalishi  g‘olibi va birinchi darajali diplom hamda "Eng yaxshi yosh olim – 2021” ko‘krak nishoni sohibi ham sanaladi.

Bugungi kunda “O‘zbekiston fond bozorining zamonaviy holati va uning investitsiyalarni jalb qilishdagi rolini oshirish” mavzusida magistrlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. Mavzuning bugungi kun va istiqbol uchun dolzarbligi asosida atroflicha tadqiqotlar va tahlillar o‘tkazmoqda.

 

Success helper
Success warning