Рейтинг
Рейтинг

Universitet reytinglari universitetning akademik mavqei, dastur sifati va umumiy obro'sini tushunishda ta'sir qiladi. Ular talabalarga o'z ta'limlari to'g'risida qarorlar qabul qilishda yordam beradi va muassasa uchun mukammallik belgisi bo'lib xizmat qiladi. Shu sababli Toshkent moliya instituti ham so’nggi yillarda xalqaro maydonda o’z reytingini oshirishda davom etmoqda.

Xalqaro Reytinglar:

Times Higher Education

-    2021 – yil sentabr oyida Toshkent moliya instituti ilk marta Times Higher Education Reporter maqomini oldi.

THE Impact Rankings

-    2022-yil 27-aprelda THE Impact Rankings reytingi e’lon qilindi va Toshkent moliya instituti 4 ta yo’nalish bo’yicha dunyoning Top-1000 ta universitetlari ro’yxatiga kirdi.

-    The Impact Rankings reytingida Toshkent moliya instituti dunyoning turli mintaqa va davlatlaridan qatnashgan 1500 ga yaqin universitetlar orasida 4 ta yo’nalish bo’yicha Top-500 talikdan joy egalladi.

Asia University Rankings

-    2022 yil 1-iyunda Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education Asia University Rankings – 2022 da Toshkent moliya instituti Asia University Rankings – 2022 xalqaro reytingida “reporter” maqomiga ega bo’ldi.

QS Asia University Rankings 2023

-    2023-yil uchun QS Osiyo Universitetlar reytingi (QS Asian University Rankings 2023) da ilk bor Toshkent moliya instituti Top-1000 talikdagi Osiyoning eng kuchli universitetlari qatoridan joy oldi. Reyting natijalariga ko’ra, Toshkent moliya instituti Osiyo davlatlari oliy o’quv yurtlari orasida 501-600 – o’rinni, Markaziy Osiyo davlatlari oliy o’quv yurtlari o’rtasida 29 – o’rinni egalladi.

THE World University Rankings 2023

-    2022 – yil sentabr oyida The World University Ranking – 2023 e’lon qilindi. Toshkent moliya instituti ushbu xalqaro reytingdan o’rin oldi va yana bir bor “reporter” maqomida e’tirof etildi. Mazkur maqom orqali oliy ta’lim muassasasi dunyoning Top universitetlari reytingiga kirish uchun nomzod sifatida yana bir katta qadamni qo’ydi.

UI Green Metric World University Rankings Results and Awards

-  2022 – yil 13 – dekabrda “Ul Green Metric World University Rankings Results and Awards” dunyoning Top – 1000 universitetlari ro’yxati e’lon qilinib, unda Toshkent moliya institui “Green Metric” reytingida ilk bor kirib, 1280 ball bilan 1040 – o’rinda e’tirof etildi.

Round University Ranking (RUR) – “Rur Ranking Agency”

-    Toshkent moliya instituti jahon reytingida 1020- o’ringa ega bo’ldi. Ushbu reyting 13 yildan buyon dunyoning 85 ta ta davlatidan 1200 ta nufuzli universitetni 4 ta yo’nalish bo’yicha taqsimlangan 20 ta ko’rsatkich bo’yicha taqqoslab keladi.

Times Higher Education Asia University Rankings 2023

-    2023 – yil iyun oyida Toshkent moliya instituti ilk marta Times Higher Education Asia University Rankings 2023 Reporter maqomini oldi.

Oliy ta’lim muassasalarining milliy reytingi

-    Toshkent moliya instituti 2021 – yilda milliy reytingda 61,21% bilan 3 – o’rinni egalladi.

Success helper
Success warning