Hazrat mir Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi

Hazrat mir Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi


Buyuk shoir, gʻazal mulkining sultoni hazrat mir Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi munosabati bilan poytaxtimizning “Adiblar xiyoboni” majmuasida xotira tadbiri boʻlib oʻtdi.



 

Unda Toshkent moliya instituti jamoasi ham ishtirok etib, “Adiblar xiyoboni”da joylashgan Alisher Navoiy haykali yonida mutafakkir xotirasi yod etildi va buyuk bobokalonimizga alohida ehtirom koʻrsatildi.






 

Xotira tadbirida ishtirok etganlar gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlari va u zotning nafaqat turkiy, balki butun dunyo adabiyotidagi katta oʻrni haqida alohida toʻxtalib oʻtishdi.
 

Alisher Navoiyning bebaho merosi nafaqat turkiy xalqlar, balki butun bashariyat uchun bamisoli obihayot manbai, barhayot maʼnaviy sarchashmalardan biri ekanligi, olti asrga yaqin muddatda turkiy tafakkur karvoniga sarbonlik qilib kelayotgan ushbu mutafakkir shoir va benazir shaxsning hayot maslagi, tengsiz tafakkur dahosi va har bir satri oltinga teng boʻlgan asarlari odamiylikning oliy sabogʻI ekanligini aʼlohida taʼkidlab oʻtildi.

12:18 / 2023-02-09
Success helper
Success warning