“Navoiy va Bobur izdoshlari” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi

“Navoiy va Bobur izdoshlari” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi

Joriy yil 9-fevral kuni buyuk mutafakkir, davlat arbobi, sheʼriyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi va davlat arbobi, shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligi munosabati bilan fakultetlararo “Navoiy va Bobur izdoshlari” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.

 

 

 

Ko‘rik tanlov shartlari Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi asosida sahnaviy chiqish hamda bahri baytdan iborat bo‘ldi.

 

Ko‘rik tanlov O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shavkat Odiljon, O‘zbekiston Drama teatri aktyori Shukurillo So‘piyev va institut Madaniyat va san’at bo‘limi boshlig‘i, shoir Bobur Bobomurodlardan iborat Hakamlar hay’ati tomonidan oqilona baholanib borildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallariga bastalangan kuy-qo‘shiqlar ijodkor talaba-yoshlarimiz tomonidan ijro etildi.

 

 

Tanlov natijalariga ko‘ra, “Byudjet hisobi va g‘aznachilik” fakulteti 1-o‘rin,
“Bank ishi” fakulteti 2-o‘rin hamda “Iqtisodiyot” fakulteti 3-o‘rin sohibi bo‘lishdi.

 

 

 

 

G‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

 

22:43 / 2023-02-09
Success helper
Success warning