TALABALAR TURAR JOYIDA “SHE’RXONLIK KECHASI”

TALABALAR TURAR JOYIDA “SHE’RXONLIK KECHASI”

         2019-yil 26-noyabr kuni institutning 2-son Talabalar turar joyida kafedra haftaligi doirasida “Bank ishi” kafedrasi hamda Murabbiylar Kengashi hamkorligida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbusi ijrosini ta’minlash maqsadida “She’rxonlik kechasi” tashkil etildi.

 

         Kechada institut Murabbiylar Kengashi raisi U.Radjabov, “Bank ishi” kafedrasi mudiri i.f.d., prof. A.Omonov, katta o’qituvchi A.Vasiyev va “Bank ishi”, “Soliqlar va sug’urta” va “Iqtisodiyot” fakultetlarining talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

 

         Professor A.Omonov kitob o’qish, kitobga mehr qo’yish ularning ma’naviy dunyo qarashini o’stirishda va talabalarning bo’sh vaqtlarini o’tkazishda eng ishonchli do’st bo’lishi haqida gapirdi. U.Radjabov o’z so’zida bugungi kungacha erishgan barcha muvoffaqiyatlarida yoshligidan kitobga qo’ygan mehri, o’qigan kitoblari asos bo’lganligini mamnunlik bilan ta’kidladi. A.Vasiyev mushoirani shoira Zulfiya Mo’minovaning bir she’rini o’qib berish bilan boshlab berdi. Shundan so’ng talabalar Alisher Navoiy, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf she’rlaridan, o’z ijodlaridan o’qib berdilar.

 

         Kechada faol ishtirok etgan talabalarga kitoblar sovg’a qilindi. Talabalar o’tkazilgan tadbirdan mamnunliklarini isxor qildilar.

 

18:08 / 2019-11-29
Success helper
Success warning