“Talabalar teatr studiyalari”ning fakultetlararo bellashuvi
Talaba-yoshlarni teatr san’atiga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo‘naltirish orqali oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirishga erishish hamda iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratib berish maqsadida 2020-yilning 22-fevral kuni institutida tahsil oluvchi talabalar o‘rtasida “Talabalar teatr studiyalari”ning fakultetlararo festivali bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda Bank ishi fakulteti “Ivan Vasilevich o’z kasbini o’zgartiradi” komediyasini , Soliqlar va sug‘urta fakulteti “Parvona” spektaklini, Moliya fakulteti “O’lding aziz bo’lding” spektaklini, Iqtisodiyot fakulteti “Kelinlar qo‘zg‘aloni” spektaklini, Bugalteriya hisobi va audit fakulteti “3 kunlik dunyo”, Byudjet hisobi va g‘aznachilik fakulteti “Qirmizi olma” spektaklini hamda Polotsk qo’shma fakultet talabalari “Rameo va Julyetta” tragediyasini yeg‘ilganlar e’tiboriga havola etdilar.
Festivalda “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasiga Byudjet hisobi va g‘aznachilik fakulteti tomonidan mazhabboshimiz Imomi A’zam Abu Hanifa hayotlariga oid “Qirmizi olma” spektakli sazovor bo‘ldi.
Bundan tashqari talabalar teatr studiyalari festivali doirasida quyidagi nominatsiyalar bo’yicha jamoalar va iqtidor sohiblari esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar:
Mazkur tadbirda ishtirok etgan barcha xush kayfiyat bilan tadbirni tark etdilar.