“Qadring baland boʻlsin, ona tilim!”

“Qadring baland boʻlsin, ona tilim!”


2022-yil 21-oktabr kuni Toshkent moliya institutida Byudjet hisobi va gʻaznachilik fakulteti tasarrufidagi “Oʻzbek va rus tillari” kafedrasi tomonidan “Oʻzbek tili bayrami” kuni munosabati bilan “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbiri oʻtkazildi. 







Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Oʻktam Norboyev, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Bobur Bobomurod, Yunusobod tumani maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Jasur Qobilov, “Oʻzbek va rus tillari” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Nishonboy Husanovlar soʻzga chiqib, oʻzbek tilining ijtimoiy hayotda tutgan oʻrni, uning betakror jozibasi va boyligi, ona tilimizni sofligini asrab-avaylash, eʼzozlash lozimligi haqida soʻzladilar.








Tadbirning badiiy qismida Yunusobod tumani 17-maktab oʻquvchilari ishtirok etib, oʻzlarining qoʻshiq va raqslari bilan tadbirga oʻzgacha ruh va kayfiyat baxsh etishdi. Shuningdek, Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutining maqomchi yoshlari, Toshkent moliya institutining “Moliyachi gulshani” ashula va raqs ansambli aʼzolari boʻlgan talaba-yoshlari ajoyib musiqali guldasta hadya qildilar. Tadbir soʻngida iqtidorli va ijodkor talabalarimiz vatan va ona tilimizga bagʻishlangan badiiy sheʼriy kompozitsiyasini namoyish qilishdi.









Tantanavor va yuqori darajada oʻtgan bayram tadbiri barchada katta taassurot qoldirdi.
 

21:48 / 2022-10-21
Success helper
Success warning