Toshkent moliya institutida talabalar uchun ta’lim sifatini yaxshilash va ijtimoiy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda kampus qulayliklarini oshirish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, shulardan dinamik va inklyuziv ijtimoiy xonalar eng muhimlaridan biri hisoblanadi. Ushbu ijtimoiy muhitni o‘zida aks ettiruvchi xonalar talabalar hamda professor-o‘qituvchilar orasidagi o‘zaro fikr almashish jarayonlarini osonlashtiradi, ular o‘rtasida hamkorlikni rivojlantiradi va ularning umumiy tajribasini oshiradi. Shuningdek, bu xonalar talabalarning shaxsiy rivojlanishi uchun ham muhim ro‘l o‘ynaydi. Sababi, ularning shaxsiy tashabbuslari bilan har xil turdagi dars mashg‘ulotlari, kurslar yoki shaxsiy intilish va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda turli xil chellenj va klublarini ushbu xonalardan foydalangan holda tashkil etishlari mumkin bo‘ladi.
Bu turdagi ijtimoiy xonalarni yaratish orqali Toshkent moliya instituti o‘z talabalarining akademik, kasbiy va ijtimoiy jihatdan yuksalishi hamda universitet va jamiyatga foydasi tegadigan yangi tajribalar bilan boyitishiga ishonadi.