Биз ҳақимизда
Биз ҳақимизда

 

Sifatli ta’lim kafolati va talabalarning moliya va moliya sohasiga oid yo‘nalishlarda yuqori marralarni egallashini kafolatlovchi, nufuzli oliy ta’lim muassasasi hisoblanmish Toshkent moliya instituti rasmiy veb sahifasiga xush kelibsiz!
Toshkent moliya instituti 1991-yil 13-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining    PF-207-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.

Toshkent moliya instituti mamlakatdagi eng katta va yuqori ilmiy-o‘quv salohiyatga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalardan biri hisoblanadi. 

 

 

Toshkent moliya instituti 2021-yilgi O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari reytingida 200 dan ortiq universitetlar orasida faxrli uchinchi o‘rinni egalladi. Mamlakat miqyosidagi bu e’tirof bizning ta’lim va tadqiqot sohasida mukammallikka sodiq ekanligimizdan yorqin dalolatidir.

 

 

Bundan tashqari, Toshkent moliya instituti xalqaro reytinglarda ham o‘rin olishga ulgurgan. Institut Times Higher Education xalqaro nufuzli oliy ta’lim muassasalar reytingida “Reporter” maqomiga, ushbu reytingning Impact Rankings bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 500 ta universitetlaridan biri sifatidagi o‘rin olgan. 

 

 

QS Asia University Rankings 2023-yilda institut 501-600 ta eng yaxshi oliy ta’lim muassasalar qatoridan joy olgan. Shu bilan birga, Toshkent moliya instituti QS reytingida Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaxshi 29 ta oliy ta’lim muassasasi qatoridan joy olgan.

 

 

Toshkent moliya institutida 15 000dan ortiq talabalar tahsil olmoqda, va 500dan ortiq o‘qituvchi-professorlar faoliyat yuritadi. Toshkent moliya insituti ilmiy salohiyati hozirga kelib 60 foiz atorifida hisoblanadi.

 

 

Toshkent moliya instituti bitiruvchi kurs talabalarining nufuzli moliyaviy institutlar va davlat korxonalaridan ish topishmoqda. Hozirda, institut bitiruvchi talabalarning ish bilan ta’minlanganlik darajasi 98dan ko‘proqdir.

Toshkent moliya institutida siz 20 ga yaqin bakalavr, magistratura va doktorantura dasturlarida kunduzgi, kechki va sirtqi shaklda tahsil olishingiz mumkin.

 

 

Toshkent moliya institut talabasi bo‘lish orqali, siz rivojlangan infratuzilma, mustahkam moddiy-texnik baza va yuqori pedagogik salohiyatni o‘zida mujassamlashtirgan kuchli ta’lim va ilmiy-tadqiqot majmuasini namoyon etuvchi institut jamoasining bir qismiga aylanasiz.

 

 

Biz sizni institut veb sahifasi orqali institut ta’lim yo‘nalishlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, turli-xildagi imkoniyatlari va talabalar hayoti haqida yana ham batafsil ma'lumot olishni tavsiya qilamiz. Toshkent moliya instituti bilimli, iqtidorli hamda moliya va shunga doir sohalarda kuchli mutaxassis bo‘lish niyatida bo‘lgan talabalarni qabul qilishdan doimo mamnun.

Success helper
Success warning