Iqtidorli talaba-yoshlarning ilm olishga boʼlgan qiziqishlarini moddiy va maʼnaviy qoʼllab-quvvatlash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “Iqtisodiyot” kafedrasida iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish izchil amalga oshirilib kelinmoqda. Kafedra qoshida “Yosh iqtisodchi” toʼgaragi ham faol ish olib bormoqda.
Toʼgarak ishtirokchilari bilimli, yuksak iqtidor va isteʼdod sohibi, xalqaro va respublika miqyosida chop etilayotgan jurnallarda bir nechta maqolalar eʼlon qilgan hamda mamlakat miqyosida oʼtkazilgan ilmiy-amaliy konferentsiyalarda oʼz maʼruzalari bilan ishtirok etgan.Shuningdek, “Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot”. “Iqtisodiyot nazariyasi” fanlaridan respublika fan olimpiadalarida faol ishtirok etib, 5 ta sovrinli oʼrinlarni egallaganlar. Iqtidorli talabalar oʼrtasida muntazam ravishda “Eng yaxshi ilmiy maqola” tanlovi oʼtkaziladi, uning gʼoliblari ilmiy maqolalari mamlakatimiz nufuzli jurnallarida chop etib kelinmoqda.