Prezident stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasi sohiblari davlat OTM magistraturasiga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi

Prezident stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasi sohiblari davlat OTM magistraturasiga kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi  farmoni qabul qilindi.

 

Farmonga koʻra, 2021/2022-oʻquv yilidan:

 

Prezident davlat stipendiyasi kvotasi:

 

- tayanch doktoranturada oʻqiyotgan doktorantlar va magistratura bosqichi talabalari uchun 2 barobarga oshirilib, tegishlicha 10 ta va 22 ta etib;

 

- bakalavriat bosqichi talabalari uchun esa har bir OTMga bittadan etib belgilandi;

 

☑️ Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi OTMda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi Toʻlepbergen Qaipbergenov hamda Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari joriy etildi.

 

➡️ Prezident stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari davlat OTMning qoʻshma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikadagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham tatbiq etiladi. 

 

Shunga koʻra, mazkur ta’lim muassasalarini tamomlagan Prezident stipendiyasi yoki nomli davlat stipendiyasi sohibi boʻlgan talabalar ham davlat OTM magistraturasiga bakalavriatning ta’lim yoʻnalishiga mos va turdosh mutaxassislik boʻyicha kirish imtihonlarisiz qoʻshimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.

11:20 / 2021-09-10
Success helper
Success warning