“Yangi Oʻzbekistonni oʻzimiz, oʻz qoʻllarimiz bilan bunyod etamiz!” shiori ostida esselar tanlovi fakultet hamda institut bosqichlari oʻtkazildi
2022-yil 28-apreldan 6-mayga qadar Toshkent moliya instituti talabalari oʻrtasida “Yangi Oʻzbekistonni oʻzimiz, oʻz qoʻllarimiz bilan bunyod etamiz!” shiori ostida esselar tanlovining fakultet bosqichi oʻtkazildi. Tanlovning fakultet bosqichida talabalar tomonidan “Biz- kelajak bunyodkorimiz!” mavzusida, esse yozildi, unga koʻra fakultetlardan jami 156 nafar talabalar ishtirok etishdi.
Tanlovning institut bosqichi 10-may kuni oʻtkazildi va bu bosqichda 21 nafar talabalar “Yangi Oʻzbekiston – yangi maqsadlar” mavzusida esse yozishdi. Ushbu esselar tanlovida “Oʻzbek va rus tillari” kafedrasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan tanlov Nizomiga muvofiq 2,5 soat vaqt berildi. Ishtirokchilar tomonidan yozilgan esselar hakamlar hayʻati tomonidan tekshirish uchun olindi.