Ахборот ресурс маркази
Ахборот ресурс маркази

 Toshkent moliya instituti axborot-resurs markazi direktori:
Kayumova Nasiba Akbarovna
E-mail: nensiakbarovna1982@gmail.com
Axborot resurs markazi ish tartibi:
Xar kuni:
08:00-18:00

 

 Kayumova Nasiba Akbarovna 1982 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006 yil Toshkent Davlat madaniyat institutini “Kutubxonashunoslik va axborot tizimlari” yo‘nalishini tamomlagan. 2021 yildan buyon Toshkent moliya instituti axborot-resurs markazi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

Markazning asosiy maqsadi

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi PQ-381-son “Respublika axolisini Axborot-Kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining  2006 yil 29 dekabrdagi 295-son “Axborot resurs markazlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda Institut rektorining 2006 yil 7 iyuldagi 103-sonli “Institutda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika axolisini axborot-kutubxona ta’minotini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi buyruqlariga asosan Toshkent moliya instituti Axborot resurs markazi tashkil etildi.
 
 Axborot resurs markazining asosiy maqsadi institut talabalari, pedagog va ishchi xodimlari hamda ilmiy tadqiqotchilarga axborot kutubxona xizmatini ko‘rsatish jumladan, yangi avlod o‘quv adabiyotlari, badiiy ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ta’minlashdan iborat.

Markazning asosiy vazifalari

1. Talabalar, pedagog xodimlar va ilmiy tadqiqotchilarni o‘quv adabiyotlardan foydalanishga bo‘lgan talablarini qondirish, ularga ma’lumot axborot xizmatini ko‘rsatish;
 
2. Institut ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga oid yangi avlod o‘quv adabiyotlari bilan Axborot resurs markazi fondini doimiy boyitib borish;
 
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ- 3271- sonli “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora- tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Qarori ijrosiga muvofiq institut talabalari, pedagog va ishchi xodimlari hamda ilmiy tadqiqotchilarni respublikamiz nashriyotlarida chop etilayotgan badiiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar hamda maxalliy va xorijiy davriy nashrlar bilan doimiy ravishda ta’minlash;
 
4. Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchilarning mustaqil ravishda ta’lim olishiga ko‘maklashish;
 
5. Milliy ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va xalqning madaniy-tarixiy merosidan baxramand bo‘lishni ta’minlash, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratish;
 
6. “ZiyoNET” elektron axborot tarmog‘i hamda institut elektron kutubxonasini doimiy ravishda elektron axborot ta’lim resurslari bilan boyitib borish va h.k.

 

 

Success helper
Success warning