Илмий тадқиқотлар, инновациялар ва илмий-педагогик кадрлар тайёрлаш бўлими
Илмий тадқиқотлар, инновациялар ва илмий-педагогик кадрлар тайёрлаш бўлими
 Bo'lim boshlig'i: Nasurova Kamolaxon Ravshanovna

 Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent

 Bog'lanish uchun ma'lumot:

 Qabul kunlari: Dushanba, Chorshanba, Juma: 1400-1600; Seshanba, Payshanba, Shanba: 1000-1200;

 Tel: (71) 234-01-88

 E-mail: kadrtay@tfi.uz

Bo'limning asosiy maqsadi

 RBo‘limning asosiy maqsadi: Respublikada ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalarda olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirishda institut ilmiy yo‘nalishlari doirasida rahbar kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishdir.
Bo‘lim o‘z faoliyatida ilmiy-tadqiqot ishlari hamda grant loyihalari bilan bog‘liq faoliyatini fakultetlar, kafedralar, kadrlar va boshqa tegishli bo‘limlar bilan kelishgan holda amalga oshiradi

Bo‘limning asosiy vazifalari
Bo‘limning 3 ta asosiy vazifasi mavjud:
    institutning ilmiy tadqiqot ishlari rejasini ishlab chiqish va amalga oshirilishini muntazam nazorat qilish;
    institutda tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilar qabul jarayonini tashkil etish, izlanuvchilarning shaxsiy ish rejalarini tasdiqlash va bajarilishini muntazam nazorat qilib borish;
    kafedralar tomonidan ilmiy seminarlar, xalqaro va respublika konferensiyalari va simpoziumlar kabi ilmiy tadbirlarni oʻtkazishga koʻmaklashish, ushbu tadbirlar yakunida hosil boʻlgan ilmiy tavsiyalarni keng jamoatchilikka ma’lum qilish.
Shu bilan birga, boʻlim ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
    kafedralarning ilmiy tadqiqot jarayonlarini faollashtirish, ularning me’yoriy-uslubiy va axborot-resurs ta’minoti sifatini oshirish orqali ilmiy ishlanmalar koʻlamini kengaytirish va iqtisodiy samarasini mustahkamlashga koʻmaklashish;
    kafedralarda vazirlik, qoʻmita, tashkilot va ishlab chiqarish korxonalari bilan fan, ta’lim va ishlab chiqarish oʻrtasidagi innovasion-korporativ hamkorlik doirasida olib borilayotgan ishlarni kengaytirish, ularni muvofiqlashtirish;
    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik aloqalari oʻrnatilishini tashkil etish, axborotlar almashib turilishini ta’minlash;
    ilmiy nashrlar bazasini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarni adabiyotlar, statistik ma’lumotlar bilan ta’minlashning barqaror tizimini shakllantirib borish;
    institut professor-oʻqituvchilarining shaxsiy ish rejasida belgilangan ilmiy tadqiqot ishlari rejasi bajarilishini nazorat qilib borish va monitoringini yuritish;
    xorijiy universitetlar, tadqiqot markazlari va institutlari bilan hamkorlikda xorijiy ilmiy tadqiqot, maslahat va oʻquv markazlari bilan ilmiy va amaliy aloqalarni oʻrnatish, rivojlantirish va mustahkamlash;
    institutning oʻquv va ilmiy faoliyatida tadqiqotchilarning dissertatsiya ishlaridagi ilmiy yangiliklar joriy qilinishini ta’minlash, natijalardan foydalanilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomalarni olishda koʻmaklashish;
    eng yaxshi ilmiy tadqiqot ishlari uchun moddiy va ma’naviy ragʻbatlantirish tizimini ishlab chiqish va joriy etish, maxsus mukofotlarni ta’sis etish;
    izlanuvchilarning malakaviy hamda qoʻshimcha imtihonlarini tashkil etish;
    institutning ilmiy darajali professor-oʻqituvchilarga oid boshqa vazifalarni bajarish.
 
 

 

Success helper
Success warning