КАФEДРА ТАРИХИ
КАФEДРА ТАРИХИ

«Iqtisodiyot» kafedrasi 1991 yil Toshkent moliya instituti tashkil etilgandan keyin o’z faoliyatini boshlagan, shu davrga qadar bir necha marta tarkibiy o’zgarishlarga uchradi. Dastlab “Iqtisodiyot nazariyasi” deb yuritilgan kafedra 2004 yilda «Umumiqtisodiy nazariya va iqtisodiy pedagogika» kafedrasi, 2009 yilda O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ruxsati va Institut Kengashining qaroriga muvofiq kafedra ikki mustaqil kafedraga, ya’ni «Iqtisodiyot nazariyasi» va «Iqtisodiy pedagogika va psixologiya» kafedrasiga ajratildi. 2019 yilda Institut Kengashining qaroriga muvofiq “Iqtisodiyot nazariyasi” va “Biznes va tadbirkorlik” kafedralari birlashdi va yangi “Iqtisodiyot” kafedrasi tashkil etildi. 2022 yilda Institut Kengashining qaroriga muvofiq “Iqtisodiyot” va “Iqtisodiy xavfsizlik” kafedralariga ajraldi. Bugungi kunda “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri iqtisod fanlari nomzodi, professor X.S.Asatullayev mudirlik qilib kelmoqda.

         “Iqtisodiyot” kafedrasi Toshkent moliya institutining dastlabki kafedralaridan biri bo’lib, kafedraga 1991-1996-yillarda iqtisod fanlari nomzodi, professor E.Egamov, 1996-2000-yillarda iqtisod fanlari doktori, professor T.T.Jumaqulov, 2000-2012-yillarda iqtisod fanlari doktori, professor T.T.Jo’raev, 2012-2017-yillarda iqtisod fanlari nomzodi, dotsent D.S.Djumanov, 2017- yildan to hozirgacha iqtisod fanlari nomzodi, professor X.S.Asatullayev kafedra mudiri lavozimida ishlamoqda.

Success helper
Success warning