Лобар Боймуродова ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ АЛИШЕР НАВОИЙ НОМЛИ ДАВЛАТ СТИПЕНДИЯСИ СОҲИБАСИ
Лобар Боймуродова ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ АЛИШЕР НАВОИЙ НОМЛИ ДАВЛАТ СТИПЕНДИЯСИ СОҲИБАСИ

Boymurodova Lobar Tursunboy qizi

 

 

Boymurodova Lobar Tursunboy qizi 2000-yil 17-iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2019-yildan buyon Toshkent moliya instituti “Byudjet hisobi va g’aznachilik” fakultetining DBG’I-50 guruhida to’lov-kontrakt asosida tahsil olib kelmoqda.

Uning ilmiy ijodiy ishlari iqtisodiyotning dolzarb mavzulariga bag’ishlangan bo’lib, ilmiy jihatdan mukammal yoritilgan, chuqur tahlil qilingan holda ular, nufuzli xalqaro va respublika jumallarida chop etilib kelinmoqda. Shuningdek, Lobarning adabiyotga ijodiy yondashib yozgan maqolalari ham mavjud bo’lib, ular respublikamizning nufuzli gazetalarida chop etilib, adabiyot muhlislari e’tiboriga yetib bormoqda.

U 2019 yilda Toshkent moliya instituti talabalari o‘rtasida “ENG YAXSHI KITOBXON TALABA-2020” ko‘rik-tanlovida faol ishtirok etib, “Men yoqtirgan badiiy asar taqdimoti” nominatsiyasi bo’yicha faxrli 1-o’rinni, “Badiiy ijod” nominatsiyasi bo’yicha 2-o’rinni egalladi. Shuningdek, “KITOBXON TALABA - 2021” ko’rik tanlovida Oliy o’rinni egalladi. Bundan tashqari 2020-2021 o’quv yillari uchun o’tkazilgan “Yil talabasi” ko’rik tanlovida 2-o’rin, institutda o’tkazilgan “Qizlar davrasi 2021” ko’rik tanlovi g’olibasi hamdir.

Lobar Boymurodova Yozuvchilar uyushmasi vakillari, shoir, shoiralar va Institut rahbariyati, ustoz va talabalar ishtirok etgan davralarda so’zga chiqib, o’z ijod na’munalari bilan ko’p marotaba o’rtoqlashgan. Ayniqsa, talabaning Abdulla Qahhor tavalludining 113-yilliga bag’ishlab yozgan she’ri barchaning qalbidan joy olib ulgurdi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Shuningdek, ijodkor talaba 2021-yilda “ABDULLA QAHHOR” nomidagi stipendiya g’olibasi bo’ldi.

Bugungi kunda Lobar Boymurodova ilmiy izlanishlari, ta’lim olishdagi erishgan muvaffaqiyatlari tufayli talaba-yoshlarga o’mak bo’lib kelmoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bugungi kunda u o’zining dolzarb mavzularga bag’ishlangan tezis va maqolalari bilan respublika hamda xalqaro miqyosdagi konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.

 

Success helper
Success warning