"Yilning eng faol tashabbuskor-targ'ibotchi talabasi" nominatsiyasi bo'yicha Toshkent moliya instituti Iqtisodiyot fakulteti 2-kurs I-83 guruh talabasi Alijonova Zarnigor Alijon qizi Respublika bosqichida faxrli 1-o'rinni egalladi.
Zarnigor Alijonova hozirgi kunda ko'plab sohalarda o'zini namoyon etib kelmoqda:
• O'zbekiston talabalar Assosatsiyasi vakili;
• Respublika Yosh Olimlar Kengashining tashkiliy ishchi guruh a'zosi;
• "Young Businessmen and Economists Forum" prezidenti;
• "Solidarity forum for Afghanistan and Uzbekistan Youth" prezidenti;
• "Upward growth forum" prezidenti;
• O'zLiDeP partiyasining faol a'zosi.
Talabamizni ushbu ulkan yutuqlari bilan Toshkent moliya instituti jamoasi nomidan muborakbod etgan holda, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!