Kafedra ilmiy ishlar natijalari patent, monografiya, ilmiy maqola va ma’ruza tezislari ko‘rinishida chop etilgan. Jumladan, so’ngi 3 yilda 15 dan ortiq mualliflik guvohnomalari, 6 ta monografiya, 2 ta risola, 4 ta o‘quv qo‘llanma va 6 ta darslik, 12 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, respublika ilmiy jurnal va to‘plamlarida 60 ta, xorijiy impakt faktorli jurnallarda 30 dan ortiq maqolalar kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr etilgan. 2020-2022-yillarda kafedra professor-o‘qituvchilaridan N.Mavlonov va U.Nurmanovlar iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ds) ilmiy darajasini hamda kafedra katta o‘qituvchilari I.Choriev, M.Abdujaborova, M.Ismoilova, A.Abdullayev, O.Ochilovlar iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Joriy o’quv yilida ilmiy-tadqiqot kafedra professor-o‘qituvchilari Z.Sagdillayeva, U.Yakubovlar tomonidan doktorlik dissertatsiyasi tayyorlanmoqda. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida hozirgi kunda kafedrada AM-13-2019062030 ''Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kreditga layoqatliligini baholashning skoring modelini yarati’' mavzusidagi fundamental loyihada N.Mavlonov va boshqalar faollik bilan tadqiqotlar olib bormoqdalar.
“Iqtisodiy tahlil” kafedrasi professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan dolzarb mavzulardagi ilmiy tadqiqotlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, fan bo'yicha ma’ruza matnlari, monografiyalar va risolalar kafedra yig'ilishlarida muntazam ravishta muhokama qilinadi shuningdek, kafedraning katta ilmiy xodim izlanuvchi va mustaqil tadqiqotchilari tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda hamda yangi zamonaviy o‘quv adabiyotlarini yaratishda samarali qo'llanib kelinmoqda.