Yevropa raqamli moliya strategiyasi bo'yicha Jan Monnet moduli
Yevropa raqamli moliya strategiyasi bo'yicha Jan Monnet moduli

Xalqaro moliya-kredit kafedrasi Jean Monnet Actions granti doirasida “Yevropa raqamli moliya strategiyasi: O’zbekiston uchun ilg’or amaliyotlar” moduli boshlanishini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.

 

Jean Monnet Actions Yevropa Ittifoqi tadqiqotlari sohasida o'qitish va tadqiqotlarda mukammallikni targ'ib qiladi. Yevropa Ittifoqining raqamli moliya strategiyasi boʻyicha taklif etilayotgan modul Yevropa Ittifoqi umumiy bilimlari bilan keng ommani tanishtirishni ko‘zlagan.

 

 

“Yevropa Ittifoqida raqamli moliya strategiyasi” modulining maqsadi Yevropa Ittifoqining moliyaviy va bank tizimini, xususan, undagi raqamli moliyani rivojlantirishni tadqiq va tadbiq etishdan iborat. Raqamlashtirish bilan bog'liq imkoniyatlar va muammolar, shuningdek, raqamli yagona bozorni shakllantirish shartlari, umumiy moliyaviy ma'lumotlar maydonini yaratish orqali moliya sohasida axborot innovatsiyasini rag'batlantirish, transformatsiya risklarini boshqarish, raqamli moliya strategiyasini ustuvorlashtirish tadqiq etiladi. Shuningdek, moliyaviy xizmatlar va toʻlovlarda yangi raqamli imkoniyatlardan foydalanish va Oʻzbekistonda raqamli moliyani rivojlantirish boʻyicha Yevropa Ittifoqi davlatlarining tajribasidan foydalanish jarayoniga ham eʼtibor qaratiladi.

 

Modul Maqsadlari

  • TMI talabalari, professor-o'qituvchilari va amaliyotchilar o'rtasida Yevropa Ittifoqi doirasidagi bilimlarini oshirish;
  • talaba va amaliyotchilarni Yevropa Ittifoqi tadqiqotlarining muayyan yo'nalishlari bo'yicha tegishli va dolzarb bilimlar bilan ta'minlash;
  • TMIdagi o'quv jarayoniga zamonaviy metodik vositalarni joriy etish va bu bilimlarni kengroq akademik hamjamiyat bilan bo'lishish.

 

Loyiha qamrovi

  • Bakalavriat va magistratura talabalari;
  • Institut professor-o‘qituvchilari;
  • Amaliyotchi mutaxassislar va boshqa qiziquvchilar

Erasmus+

Success helper
Success warning