Kafedra ilmiy ishlar natijalari patent, monografiya, ilmiy maqola va ma’ruza tezislari ko‘rinishida chop etilgan. Masalan, oxirgi 3 yilda 20 dan ortiq mualliflik guvohnomalari, 10 ga yaqin monografiya, 4 ta risola, 10 ta o‘quv qo‘llanma va darsliklar, 10 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, respublika ilmiy jurnal va to‘plamlarida 85 ta, xorijiy impafaktorli jurnallarda 30 dan ortiq maqolalar kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan nashr etilgan. 2020-2022-yillarda kafedra professor-o‘qituvchilaridan D.Tojiboeva va E.Ergashevlar iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Ds) ilmiy darajasini hamda kafedra katta o‘qituvchilari G.Xalikulova, M.Qulmetov B.Shermuxamedov, M.Nuraliyeva, N.Xasanxonovalar iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Joriy o’quv yilida ilmiy-tadqiqot kafedra professor-o‘qituvchilari B.Tursunov, E.Rahimov, Z.Allaberganov, Sh.Fayziyevlar tomonidan doktorlik dissertatsiyasi tayyorlanmoqda. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida 2021-2022-yillarda G.Xalikulova tanlov g’olibligini olgan. Hozirgi kunda kafedrada FZ-2020041539 - “O’zbekistonda sug’urta bozorini rivojlantirish va aqlli sug’urta texnologiyalarini yaratish” mavzusidagi fundamental loyihada G.Xalikulova, M.Nuraliyeva va boshqalar faollik bilan tadqiqotlar olib bormoqdalar.
“Iqtisodiyot” kafedrasida qoshida ilmiy seminar tashkil etilgan bo‘lib, unga i.f.d., professor “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim a’lochisi” T.T.Jo‘rayev rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedra ilmiy seminarida professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan dolzarb mavzulardagi ilmiy tadqiqotlar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, fan ma’ruza matnlari, monografiyalar va risolalar muhokama qilinadi. Shuningdek, kafedraning katta ilmiy xodim izlanuvchi va mustaqil tadqiqotchilari tomonidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda hamda yangi zamonaviy o‘quv adabiyotlarini yaratishda samarali foydalanilmoqda.