5 TA MUHIM TASHABBUS DOIRASIDA KO‘RGAZMA

5 TA MUHIM TASHABBUS DOIRASIDA KO‘RGAZMA

   Joriy yilning 15-dekabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida "Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbus" doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ko‘rgazmalar namoyishi bo’lib o’tdi.

   Tadbirda Senatorlar, Madaniyat, Jismoniy tarbiya va sport, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash, Bandlik va mehnat munosabatlari, Xalq ta’limi, Oliy ta’lim vazirliklari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va boshqa qator tashkilotlar rahbar-hodimlari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

   Ko’rgazmada Toshkent moliya instituti nomidan ishtirok etgan Niyozali Ortiqmatov rahbarligidagi “Moliyachi gulshani” ashula va raqs ansambli vakillari tomonidan yangragan kuylar va “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Muborak Bozorova boshchiligidagi "Qizlarjon" klubi a’zolarining qo’l mehnati bilan tayyorlangan kashtachilik ishlari Senat raisi va tashkilot rahbarlari e’tirofiga sazovor bo’ldi.

 

16:08 / 2020-12-16
Success helper
Success warning