Grantlar
Grantlar

 

Toshkent moliya institutida Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari

 

  2018 yilda institutda davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida amalga oshirilgan loyihalarning asosiy maqsadi institutda ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlanishi hamda demokratik yangilashda fanning rolini kuchaytirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlarni amalga oshirishga qaratildi. Shu bilan bir qatorda, 2018 yilda bajarilgan ilmiy grantlar Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 7 avgustdagi “Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-436-sonli qarorida belgilangan vazifalar, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2007 yil 28 avgustda 1705-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Nizom” hamda institut rektorining 2018 yil 16 apreldagi “Institutda bajarilishi 2017-2020 yillarga moʻljallangan fundamental, 2017-2018 yillar amaliy hamda 2018-2020 yillarga moʻljallangan amaliy loyihalar boʻyicha 2018 yil uchun vaqtinchalik ilmiy-ijodiy jamoalarni tuzish va ularga haq toʻlash toʻgʻrisida”gi 260-sonli buyrugʻi bandlari doirasida amalga oshirildi.

  2018 yilda institutning ilmiy-pedagogik jamoasi tomonidan 3 ta 2017-2018 yillarga moʻljallangan va 2018-2020 yillarga moʻljallangan amaliy va 4 ta 2017-2020 yillarga moʻljallangan fundamental loyihalar boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirildi va yil davomida davlat byudjetidan moliyalashtirildi.

 

1-jadval

Toshkent moliya institutida 2018 yil davomida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari toʻgʻrisida umumiy maʼlumot.

 

Ilmiy-tadqiqot dasturi shakllari

Soni

Umumiy hajmi, ming soʻm

Hisobot yilidagi hajmi, ming soʻm

Fundamental

4

 

364 055,0

Amaliy

3

 

187 076,0

Innovatsiya

 

 

-

Noyob obyektlar

 

 

-

Yosh olimlarning fundamental

 

 

-

Yosh olimlarning amaliy

 

 

-

Jami

   

551 131,0

 

 

  2018 yilda davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan institutning 551131,0 ming soʻm hajmidagi jami 7 ta, xususan, Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 364055,0 ming soʻmlik 4 ta fundamental ilmiy-tadqiqot loyihalari, 187076,0 ming soʻmlik 3 ta amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi.

 

Mazkur grantlar shifri, nomi va ularning ilmiy rahbarlari quyidagilardan iborat:

  2018-2020 yillarga moʻljallangan A.Mamatov rahbarligidagi PZ-201709271028-sonli “Fermer xoʻjaliklari bilan mineral oʻgʻit taʼminoti korxonalari oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarning tashkiliy-iqtisodiy va moliyaviy mexanizmini takomillashtirish”, 2017-2018 yillarga moʻljallangan Z.Sagdillayeva rahbarligidagi OT-A-2-31-sonli “Korporativ boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish hamda barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlashda moliyaviy tahlilning zamonaviy usullarini qoʻllash”, 2017-2018 yillarga moʻljallangan X.Xoʻjaqulov rahbarligidagi OT-A-2-22 - “Iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish sharoitida tarkibiy oʻzgarishlarning samarali yoʻllarini statistik metodlar asosida ishlab chiqish” nomli amaliy loyihalar.

  2017-2020 yillarga moʻljallangan D.Bababekova rahbarligidagi OT-F-1-050-sonli “Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini modernizatsiyalash orqali raqobatbardoshlikni oshirishning fundamental asoslari”, 2017-2020 yillarga moʻljallangan X.Shennayev rahbarligidagi OT-F-1-54-sonli “Oʻzbekiston sugʻurta faoliyatini modernizatsiya qilishning samarali yoʻnalishlarini shakllantirishning fundamental asoslari”, 2017-2020 yillarga moʻljallangan A.Xashimov rahbarligidagi OT-F1-16-sonli “Optimal boshqaruv masalalari va graflarda differensial tenglamalar uchun chegaraviy masalalar nazariyasini ishlab chiqish”, 2017-2020 yillarga moʻljallangan R.Sarsenbayeva rahbarligidagi OT-F1-049-sonli “Kasbiy motivlar shakllanishining ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihalar.

 

 

2-jadval

Toshkent moliya institutida grantlar doirasida olib borilgan ilmiy- tadqiqot natijalari

 

Mualliflik guvoxnomalari

 

Chop etilgan ilmiy ishlar soni

Jami

Shu jumladan

Monografiyalar

Xalqaro ilmiy jurnallarda

Respublika ilmiy jurnallarida

Darsliklarda

Oʻquv qoʻllanmalar

Patentlar

Mualliflik guvohnomasi

94

10

26

43

1

7

0

7

Ilmiy-amaliy konferensiyalarda chop etilgan tezislar soni

Jami

Shu jumladan

Xalqaro konferensiyalarda Respublika konferensiyalarida OTM konferensiyalarida
134 40 94 -

 

  Joriy yilda institutda amalga oshirilgan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi loyihalar aʼzolari tomonidan 1 ta darslik, 7 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma, 10 ta monografiya, 7 ta mualliflik guvohnomasi, 26 ta xorijiy va 43 ta mahalliy ilmiy maqolalar hamda 40 ta xorijiy va 94 ta mahalliy ilmiy tezislar chop etildi. Shu bilan bir qatorda, 2018 yil 9 noyabr kuni OT-F1-050-sonli “Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini modernizatsiyalash orqali raqobatbardoshlikni oshirishning fundamental asoslari” mavzusidagi davlat granti doirasida “Iqtisodiyotni asosiy tarmoqlarini modernizatsiyalash orqali raqobatbardoshlikni oshirishning fundamental asoslari” nomli ilmiy-amaliy konferensiya hamda 201 yil 10 oktyabr kuni OT-F1-049-sonli “Kasbiy motivlar shakllanishining ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” nomli fundamental loyiha doirasida “Yoshlarda kasbiy motivlarni shakllantirishning moliyaviy-iqtisodiy va pedagogik-psixologik masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

 

Success helper
Success warning