Armrestling bo‘yicha ochiq chempionat g'oliblari

Armrestling bo‘yicha ochiq chempionat g'oliblari

Armrestling sport turining tashkil etiganligining 30 yilligi munosabati bilan, 2021-yilning 26-27-aprel kunlari o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida federatsiya ochiq chempionati bo’lib o’tdi. Ushbu musobaqada Toshkent moliya instituti terma jamoasi Karimov Faxriddin Xurramovich (jamoa murabbiyi) boshchiligida munosib ishtirok etdilar.

 

Chempionat yakuniga ko’ra ,“Bank ishi” fakulteti 2-bosqich BI-50 guruh talabasi Bahrom Yaxshiboyev -60 kg. vazn toifasida o‘ng qo‘lda 1-o‘rinni, “Moliya” fakulteti 1-bosqich MMT-80 guruh talabasi Eldarbek Bekmuratov +75 kg. vazn toifasida chap qo‘lda 2-o‘rinni, shu fakultetning 1-bosqich MMT-80 guruh talabasi Rahim Sotiboldiyev-75 kg. vazn toifasida chap qo‘lda 3-o‘rinni, “Soliqlar va sug‘urta” ishi fakulteti 2-bosqich SS-50 guruh talabasi Behzod Abdullayev +60 kg. vazn toifasida o‘ng qo‘lda 2-o‘rinni qo‘lga kiritib institutimiz shanini muvaffaqiyatlar bilan himoya qildilar. 

 

Institutimiz rektori Teshabayev To'lqin Zakirovich chempionlarni samimiy muborakbod etib, kelgusidagi o'qish va ishlariga zafarlar tiladilar.

 

17:21 / 2021-04-28
Success helper
Success warning