“Kafil-Sug‘urta” MChJ sug‘urta kompaniyasi vakillari “Soliqlar va sug‘urta” fakulteti talabalariga dars mashg‘ulotini olib bordilar
“Kafil-Sug‘urta” MChJ vakillari tomonidan “Soliqlar va sug‘urta” fakultetida olib boriladigan dars mashg‘ulotlari jadvaliga asosan 2019-yil 24-may kuni sug‘urta kompaniyasining “Sifat va marketing” departamenti direktori v.v.b. G.Ismoilova, “Sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish” departamenti xodimi O‘.Shokirov va yurist maslaxatchisiK.To‘laganov tomonidan fakultetning 2-kurs SS-20guruhida dars mashg‘uloti olib borildi.
Mashg‘ulotda “Kafil-Sug‘urta” MChJ sug‘urta kompaniyasining sug‘urta bozoridagi o‘rni, ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari turlari, kompaniya tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari, kompaniyaning kelajakdagi istiqbol rejalari borasida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Seminar qiziqarli, savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javoblar oldilar