TMI akademik litseyida “Navro’z shodiyonalari”

TMI akademik litseyida “Navro’z shodiyonalari”

   Joriy yilning 31-mart kuni Toshkent moliya instituti qoshidagi akademik litseyda “Har kuning bo’lsin Navro’z” shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etildi.

 

   Dastavval litsey o’quvchilari “Bilimlar bellashuvi” tadbirini tashrif buyurgan mehmonlar e’tiboriga havola etdilar. Unda o’gil bolalar yo’l harakati qoidalari doirasida bilimlarini sinovdan o’tkazdilar.

 

   Navbatdagi tadbir bevosita ko’klam nafasi va bahoriy kayfiyat ulashuvchi “Sumalak sayli” deb nom oldi. Bunda turli kurs o’quvchilari tomonidan bezatilgan bayram dasturxonlari mehmonlar tomonidan e’tirof etildi va sho’x kuy-qo’shiqlar hamda raqslar bilan davom etdi.

11:08 / 2021-03-31
Success helper
Success warning