Fan olimpiadasi g‘oliblari – diplom muborak!

Fan olimpiadasi g‘oliblari – diplom muborak!

     2019-yil 13-18 may kunlari oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida umumkasbiy va mutaxassislik fanlari bo‘yicha respublika fan olimpiadasining yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Ushbu olimpiadada Toshkent moliya institutining iqtidorli talabalari institut sharafini munosib himoya qildilar. Institutimizning 3 nafar talabalari respublika fan olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining I darajali diplomi va 3,0 mln.so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Ular bilan tanishing:

1. Xoliqov Hamidulla Vaydulla o‘g‘li - “Moliya va kredit” fani bo‘yicha talabalarning respublika fan olimpiadasi yakuniy bosqichi g‘olibi, Moliya fakultetining 4-kurs, MM-85 guruhi talabasi.

2. Xayrullayev Doniyorbek Fazliddin o‘g‘li - “Buxgalteriya hisobi va audit” fani bo‘yicha talabalarning respublika fan olimpiadasi yakuniy bosqichida g‘olib, Buxgalteriya hisobi va audit fakultetining 4-kurs, XBA-84i guruhi talabasi.

3. Maxamadjonov Maxamadali Muzaffarovich - “Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot” fani bo‘yicha talabalarning respublika fan olimpiadasi yakuniy bosqichi g‘olibi, Bank ishi fakultetining 3-kurs, KBI-40 guruhi talabasi.

Shuningdek, Bank ishi fakulteti, 4-kurs, KBI-82 guruh talabasi Zarmasov Jahongir O‘tkir o‘g‘li Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Bank ishi” mutaxassislik fani bo‘yicha o‘tkazilgan talabalarning respublika fan olimpiadasida faxrli 2-o‘rinni egalladi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining II darajali diplomi va 2,0 mln.so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Moliya fakulteti, 2 kurs, MM-76i guruhi talabasi Xamrayev Ma’mur Rustam o‘g‘li O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ingliz tili” fani bo‘yicha o‘tkazilgan talabalarning respublika fan olimpiadasi yakuniy bosqichida faxrli 3-o‘rinni egalladi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining III darajali diplomi va 1,0 mln.so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Diplom muborak bo‘lsin, aziz talabalar!

Biz Sizlar bilan faxrlanamiz!

 

 

 

18:59 / 2019-05-24
Success helper
Success warning