Sahovatli zaminning ne’matlari ulashildi
Institutimizning bir guruh ko‘ngilli ishchi-hodimlari hamda talabalari Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida joylashgan institutga qarashli serhosil bog‘dan sahovatli zaminning ne’matlaridan biri bo‘lgan olxo‘ri mevalarini nobud qilmasdan, o‘z vaqtida yig‘ishtirib oldilar.
Terilgan hosilning bir qismi institutning professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va talabalariga ulashildi.
Hosildan bahramand bo‘lganlar terimda ishtirok etgan barcha-barchaga minnatdorchilik bildirib, dasturxonlari hamisha to‘kin bo‘lishini tilab duo qildilar!