“Chet tillari” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan kafedra haftaligi

“Chet tillari” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan kafedra haftaligi

2019-yil 31-may kuni “Chet tillari” kafedrasi tomonidan kafedra haftaligi doirasida o‘quv binosi 122-auditoriyada “Yoshlar o‘rtasida nikohdan oldingi tibbiy ko‘rikning ahamiyati” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga TMI shifokori U.Salieva va Respublika ma’naviyat markazi mutahhassisi Adiba Komolovalar taklif etildi. Suhbatni “Chet tillari” kafedrasi katta o‘qituvchisi R.Azimbaeva ochib berdi va mamlakatimizda yosh avlodni ijtimoiy himoya qilish ularni ma’naviy va jismoniy jihatdan barkamol shaxs etib tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan masala ekanligini aytdi va suhbat davomida “Soglom bola soglom va ahil oilaning mevasi bo‘lib, faqatgina soglom onadan soglom bola tugiladi. Asrlar davomida o‘z tasdigini topgan bu haqiqatni tushuntirib, izohlab o‘tirishning xojati yo‘qligini alohida ta’kidlandi.

Oila muqaddasligi, oilani soglom korinishda shakillantirish zarurligi togrisida talabalarning ham fikrlari tinglandi. Suhbat qiziqarli va kotarinki ruhda otdi.

 

 

 

18:00 / 2019-06-01
Success helper
Success warning