“Byudjet nazoratchi” va “Yosh g’aznachi” ilmiy to’garaklari onlayn ilmiy seminari

“Byudjet nazoratchi” va “Yosh g’aznachi” ilmiy to’garaklari onlayn ilmiy seminari

      2020-yil 29-oktyabr kuni soat 12:00 da institutning “Byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti tasarrufidagi “Byudjet hisobi va g’aznachilik ishi” kafedrasi tomonidan “Byudjet nazoratchi” va “Yosh g’aznachi” ilmiy to’garaklari faoliyati doirasida o’tkazilgan "Oliy ta’lim tizimida talabalarni ilm-fan va ilmiy faoliyatga jalb etish" mavzusidagi onlayn ilmiy seminar bo’lib o’tdi.

        Onlayn ilmiy seminarda kafedra professor-o’qituvchilari, fakultetning “Davlat byudjeti g’azna ijrosi” va “Byudjet nazorati va g’aznachilik” bakalavriat ta’lim yo’nalishlarining barcha kurs iqtidorli talabalari ishtirok etdilar. To’garaklar rahbarlari dotsent G.Kasimova va katta o’qituvchi D.Tashmuxamedovalar ilmiy seminarda so’zga chiqib, oliy ta’lim tizimida talabalarni ilm-fan va ilmiy faoliyatga jalb etishda kafedrada olib borilayotgan ishlar, ilmiy tadqiqot, ijodiy ishlariga talabalarni keng miqyosda jalb etish, kasbiy tayyorgarlik bo’yicha ularning ijodiy, intelektual salohiyatini rivojlantirish borasidagi faoliyatlariga yo’naltirish, muvofiqlashtirish va samarali boshqarish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar, ilm-fanga intilish va uning jozibadorlik muhitini shakllantirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish, yosh iste’dod egalarini tayyorlab borish to’g’risida gapirdilar.

18:27 / 2020-10-30
Success helper
Success warning