“Falsafa” elektron darslik nashr etildi

“Falsafa” elektron darslik nashr etildi

“Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti Sultanova Aziza Rixsivoyevna va Okyulov Xasan Omanbayevichlar tomonidan “Falsafa” elektron darslik nashr etildi.

 

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024 yil 15 martdagi 64-sonli buyrug‘iga asosan № 64-07 raqamli o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi berildi.

 

Elektron dasrlikda falsafa dunyo xalqlarining intellektual muvaffaqiyati bo‘lib, u dunyo xalqlari, olimu-fuzalolari tomonidan yaratilgan va rivojlantirilgan. Falsafa fanini rivojlanishiga mamlakatimiz hududida yashab, ijod qilib o‘tgan allomalar va hozirgi davrda yashab ijod qilayotgan ziyolilarning ham xizmati katta. Falsafada ushbu qarashlarni o‘rganish, ularning nodir fikrlaridan xulosalar chiqarib, milliylikni unutmaslik va mustaqillik mafkurasi asosida falsafiy mushohada yurgizish yoshlarimiz uchun, ayniqsa, dolzarb mavzuligi tahlili yoritilgan. Darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ma’qullangan dastur mazmunini nazarda tutgan holda tayyorlangan va dasturda ko‘rsatilgan barcha mavzular qamrab olingan bo‘lib, talabalar uchun dolzarb bo‘lgan muammolar va falsafiy mavzularga e’tibor qaratilgan.

 

Elektron darslik ma’ruzalar kursi, taqdimotlar, nazorat savollari, tayanch tushunchalar, mustaqil ta’lim, glossariy, keyslar, test, guvoxnomadan iborat tarzda tayyorlangan.

 

Elektron darslik talabalarning mustaqil ishlashi, shuningdek, o‘qituvchilarga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda yordam berish uchun mo‘ljallangan.

15:45 / 2024-03-30
Success helper
Success warning