“Audit-2” nomli darslik tayyorlandi
Toshkent moliya institutining “Audit” kafedrasi professor-o‘qituvchilari I.N.Qo‘ziyev, A.Z.Avlokulov, F.Sh.Ochilov va I.X.Sherimbetov tomonidan «Audit-2» fanidan darslik nashr etildi.
Darslik 70410101-«Buxgalteriya hisobi» va 70410102-«Audit» magistratura mutaxassisliklari uchun mo‘ljallangan va zamonaviy mehnat bozorining talablariga asoslanadi. Darslik mantiqan uzviylikda tayyorlangan va “Audit-2” fanini o‘rganish uchun o‘quv materiallarining jamlanmasidan ashkil topgan.
Darslik audit konsepsiyasi va uni tartibga solish, auditni rejalashtirish va riskni baholash, ichki nazorat tizimi, auditorlik dalillar hamda auditorlik tekshiruvi yakuni bo‘yicha sharh va xulosa tuzish kabi mavzularga bag‘ishlangan.
Darslik ma’ruzalar kursi, nazorat savollari, o‘z-o‘zini tekshirish testlari, glossariy va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Darslik talabalar, mustaqil izlanuvchilar hamda buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi amaliyotchilar uchun mo‘ljallangan.