InnoWeek.Uz 3-8 noyabr kunlari onlayn formatda bo'lib o'tadi
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirligi tomonidan 3-noyabrdan 8-noyabrga qadar anʼanaviy tarzda har yili o‘tkazib kelinayotgan InnoWeek.uz 2020 xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi ilk bor onlayn formatda o‘tkaziladi.
Tadbirda 30dan ortiq davlatlar hamda Avstriya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Italiya, Isroil, Rossiya, AQSH va boshqa mamlakatlardan nufuzli tashkilot vakillari, ilm fan yetakchi mutahassislari ishtirok etishadi.
Haftalikning asosiy maqsadi mamlakatning xalqaro maydonda raqobatdoshligi va innovatsion rivojlanishning asosiy omili sifatida rivojlantirishdir.
Yangi formatdagi ko‘rgazma maydoni eng ilg‘or innovatsion texnologiyalar, mahsulotlar va loyihalar, shuningdek ichki va tashqi biznesning turli soha vakillari o‘rtasidagi hamkorlik uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi.
InnoWeek.uz haftaligi dasturi ko‘rgazmadan tashqari bir qancha qiziqarli tadbirlarni o‘z ichiga olgan:
Haftalik doirasida “Bank ishlanmalari” platformasining taqdimoti bo’lib o’tadi, bu kraudfanding imkoniyatiga ega bo’lgan startapni ishga tushirish uchun potentsial investorlar va ishbilarmonlarni topish uchun noyob platformaga aylanadi, shuningdek boshqa qiziqarli tadbirlar va taqdirlash marosimlari:
Innoweek.uz veb-saytida ro'yxatdan o'ting va Haftaning barcha tadbirlarida ishtirok eting!
Dastur to’g’risida ma’lumot: https://innoweek.uz/programda
Obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling:
Facebook https://www.facebook.com/SP-CENTERuz-2212561179054626
Instagram https://instagram.com/spcenteruz
Telegram https://t.me/innovation_centertashkent