“Iqtisodiy xavfsizlik” nomli darslik tayyorlandi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Iqtisodiy xavfsizlik” kafedrasi professori Ergashev Erkin Iroqovich xamda kafedra katta o‘qituvchisi Umarova Malika Ne’matjanovna tomonidan “Iqtisodiy xavfsizlik” nomli elektron darslik nashr etildi.
Iqtisodiy xavfsizlik bu mamlakat iqtisodiyotining asosiy himoya tizimi bo‘lib, bu tizim davlatni tashqi va ichki iqtisodiy xavf-xatarlarni ko‘ra bilish va shu xatarlardan himoyalanish yo‘llarini o‘rganadi. Iqtisodiy xavfsizlik rivojlanayotgan yoki rivojlanmagan, umuman davlatning qanaqa holatdaligiga qaramasdan har bir davlatning barqarorligi, iqtisodiy o‘sishini himoyalashi uchun eng muhim tizim hisoblanadi. Iqtisodiy xavfsizlik milliy iqtisodiyot darajasida makroiqtisodiy kategoriya va muayyan mamlakat milliy iqtisodiyotini tavsiflaydi, bozor tizimida xatar borligidan va bundan hatto milliy iqtisodiyot ham xoli bo‘lmasligini, undan saqlanish zarurligini bildiradi.
Elektron darslik Iqtisodiy xavfsizlik ta’lim yo‘nalishi talabalari, magistrantlar, tadqiqotchilar, o‘qituvchilar va iqtisodiyot ilmiga qiziquvchilar uchun mo‘ljalangan.