PhD Namozov Olim Botirovich 09.09.2022
2022-yil 9-sentyabr soat 14-00 da Toshkent moliya instituti Rektorat binosining 4-qavat kichik anjumanlar zalida Toshkent moliya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.I.17.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun Namozov Olim Botirovichning «Milliy iqtisodiyot tarmoqlarida investitsiyalardan foydalanishning moliyaviy samaradorligini oshirish yo‘llari» mavzusidagi dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tadi.