PhD Xudoyberdiyev Odiljon Egamberdi o‘g‘li 25.08.2023
2023 yil 25 avgust soat 16-00 da Toshkent moliya instituti Rektorat binosining 2-qavat kichik anjumanlar zalida Toshkent moliya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.I.17.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun Xudoyberdiyev Odiljon Egamberdi o‘g‘lining “Korxonalarda joriy aktivlar hisobini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tadi.