QABUL-DSc&PhD

QABUL-DSc&PhD

Toshkent moliya instituti 2021-yiliga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim bo’yicha qabul e’lon qiladi.

 

TAYANCH DOKTARANTURA (PhD):

(ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun)

 

08.00.06 - “Ekonometrika va statistika” – 1 ta o‘rin

08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit” – 2 ta o‘rin

08.00.08 - “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” – 2 ta o‘rin

08.00.14 - “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” – 1 ta o‘rin

 

 Talabgorlar taqdim etadigan hujjatlar:

- ariza;

- qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka);

-mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

- oliy ta’lim muassasi magistraturasi diplom nusxasi;

- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis) va ularning nusxalari;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Davlat stipendiyalari sohiblarining tegishli hujjat nusxalari;

- ilmiy rahbar (maslahatchi)ning yozma roziligi;

- ish joyidan tavsifnoma;

- pasport nusxasi;

- 6 ta fotosurat (3x4sm. hajmda).

- tayanch doktorantura (PhD)da o‘qish uchun talabgorlar ixtisoslik va chet tili bo‘yicha kirish imtihonlarini topshiradi.

 

 

DOKTARANTURA (DSc):

(ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun)

 

08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit” – 1 ta o‘rin

08.00.08 - “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” – 1 ta o‘rin

 

Talabgorlar taqdim etadigan hujjatlar:

- ariza;

- qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka);

- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

- oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis) va ularning nusxalari;

- ilmiy rahbarning yozma roziligi;

- pasport nusxasi;

- 6 ta fotosurat (3x4sm. hajmda).

Doktorantura (DSc)da o‘qish uchun talabgorlar ixtisoslik bo‘yicha suhbatdan o‘tadi.

 

MUSTAQIL IZLANUVCHILIK

(ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qish uchun)

 

08.00.01-“Iqtisodiyot nazariyasi”

08.00.06-“Ekonometrika va statistika”

08.00.07-“Moliya, pul muomalasi va kredit”

08.00.08-“Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”

08.00.13 –“Menejment”

08.00.14- “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari”

 

Talabgorlar taqdim etadigan hujjatlar:

- ariza;

- ma’lumotnoma;

- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishga magistrlik to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

- fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishga oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis) va ularning nusxalari (PhD);

- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis) va ularning nusxalari (DSc);

- ilmiy maslahatchining yozma roziligi;

- ish joyidan tavsifnoma;

- pasport nusxasi;

- 6 ta fotosurat (3x4sm. hajmda).

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlarni tanlab olish 2020-yil 30-noyabrgacha bo‘lgan muddatda ixtisoslik bo‘yicha suxbat natijalari va qabul komissiyasining tegishli xulosasiga ko‘ra amalga oshiriladi.

 

Xujjatlarni qabul qilish muddati – 2020-yilning 15-oktyabrigacha.

Kirish imtihonlari hamda ixtisoslik fanlaridan suhbat 2020-yilning 1 – 25-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Qo‘shimcha ma’lumotlarni 71-235-41-83 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

 

Talabgorlar http://phd.mininnovation.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tishi lozim.

 

Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 60A-uy, Toshkent moliya instituti, “Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash” bo‘limi.

Telefon: (99871) 235-41-83

E-mail: bitp@tfi.uz

 

10:00 / 2020-10-10
Success helper
Success warning