Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
2022-yil 11-noyabr kuni Toshkent moliya instituti tomonidan “Ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda innovatsion menejment: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Anjumanga mamlakatimiz hamda xorijiy nufuzli oliy taʼlim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, amaliyotchi mutaxassislar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar ishtirok etish uchun taklif etiladi.