«Xalqaro audit» nomli darslik tayyorlandi

«Xalqaro audit» nomli darslik tayyorlandi

Toshkent moliya instituti professor-o‘qituvchilari A.A.Karimov, F.R.Islomov va A.Z.Avlokulov tomonidan tayyorlangan «Xalqaro audit» nomli darslik nashr etildi.

 

Keyingi yillarda respublikamizda auditorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. O‘zbekistonda auditorlik faoliyatini rivojlantirishda xorijiy davlatlarning tajribasini, auditning xalqaro standartlarining qo‘llanilishi darajasini o‘rganish muhim hisoblanadi. Yuqoridagi jihatlar inobatga olingan holda mualliflar tomonidan «Xalqaro audit» nomli darslik nashr etildi. Mazkur darslik 70410102-«Audit (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)» magistratura mutaxassisligi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u «Xalqaro audit» fani o‘quv dasturi asosida tayyorlangan.

 

Darslikda xalqaro audit modellari, xalqaro auditorlik tashkilotlari va kompaniyalari faoliyati, AQSH va Yevropa davlatlarida auditorlik faoliyati, Osiyo davlatlarida auditorlik faoliyati, MDH davlatlarida auditorlik faoliyati, auditning axloq kodeksi, auditning xalqaro standartlari, O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini xalqaro miqyosda integratsiyalash masalalari kabi mavzular yoritilgan.

 

«Xalqaro audit» nomli darslik mavzu bo‘yicha ma’ruzalar, nazorat savollari, test materiallari, glossariy va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Mazkur darslik talabalarning mustaqil ishlashi, shuningdek, professor-o‘qituvchilarga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda yordam berish uchun mo‘ljallangan.

 

09:00 / 2024-01-19
Success helper
Success warning