«Rahbar imiji va uni boshqarish» darsligi chop etildi
Toshkent moliya instituti «Menejment va marketing» kafedrasi professorlari T.Teshabaev, E. Nabiyev, Sh.Allayarov hammuallifligida «Rahbar imiji va uni boshqarish» darsligi chop etildi.
Darslikda Rahbar imiji va uni boshqarish fanining predmeti, maqsad va vazifalari, o‘rganish usullari, rahbar axloqi, rahbar imiji va boshqaruv madaniyatida vujudga keladigan shaxslararo munosabatlarni nazariy va amaliy jihatlari va uni tashkil qilishning xususiyatlari yoritilgan. Mazkur darslik boshqaruv ilmining rivojlanish konsepsiyasi, rahbar axloqi va boshqaruv madaniyati, rahbar axloqiga qo‘yilgan talablar hamda boshqaruv madaniyatini shakllantirish xususiyatlari, rahbar imijining zamonaviy qiyofasini shakllantirish, muvaffaqiyatli rahbarlarga xos bo‘lgan sifatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Darslikda rahbarning ish uslubi, turlari va ularning imijni shakllantirishdagi o‘rni, rahbar muloqot samaradorligini tavsiflovchi sifat ko‘rsatkichlari, rahbarning muloqot samaradorligi, rahbarlik va liderlikning o‘ziga xos xususiyatlari, boshqaruv psixologiyasi bo‘yicha nazariy ma’lumotlar bayon etilgan.
Darslik oliy o‘quv yurtlarining Menejment magistratura mutaxassisliklari talabalariga, ilmiy izlanuvchilarga hamda mazkur fanni o‘qitadigan professor-o‘qituvchilarga mo‘ljallangan.