«Tizimli menejment» darsligi chop etildi
Toshkent moliya instituti «Menejment va marketing» kafedrasi professorlari T.Teshabaev, Sh.Allayarov, dotsent N.Alieva hammuallifligida «Tizimli menejment» darsligi chop etildi.
Darslikda tizimli menejment va uni tashkil etish zaruriyati, tizimli menejmentning tarkibi, korxona raqobatbardoshligini oshirishda tizimli menejmentning roli, tizimli menejment elementlari va funksiyalari yoritilgan. Mazkur darslik menejment tizimidagi funksional bloklar, menejment tizimida quyi tizimlar va ularning xususiyatlari, tashkilotda personallarni boshqarish tizimi, tashkilotda axborot tizimi menejmenti, tadbirkorlik komponentlarini shakllantirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Darslikda biznes jarayonlarni tizimli boshqarish, menejment tizimida quyi tizimlardan maqsadli quyi tizim, kompleks funksional quyi tizim va ta’minlovchi quyi tizim hamda menejment tizimini samaradorligi va uni baholash bo‘yicha nazariy ma’lumotlar bayon etilgan.
Darslik oliy o‘quv yurtlarining Menejment magistratura mutaxassisliklari talabalariga, ilmiy izlanuvchilarga hamda mazkur fanni o‘qitadigan professor-o‘qituvchilarga mo‘ljallangan.