«Ichki audit» nomli o‘quv qo‘llanma nashr etildi
Toshkent moliya instituti professor-o‘qituvchilari A.Z.Avlokulov va F.Sh.Ochilov tomonidan tayyorlangan «Ichki audit» nomli o‘quv qo‘llanma nashr etildi.
Oliy ta’lim muassasalarida talablarning bilim darajasini mustahkamlash, ularning mustaqil ishlash darajasini oshirishda amaliy mashg‘ulot darslarining o‘quv-uslubiy ta’minoti sifatini oshirish muhim hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda mualliflar tomonidan «Ichki audit» nomli o‘quv qo‘llanma nashr etildi. Mazkur o‘quv qo‘llanma 70410102-«Audit (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)» magistratura mutaxassisligi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u «Ichki audit» fani o‘quv dasturi asosida tayyorlangan.
O‘quv qo‘llanmada moliyaviy nazorat tizimida ichki auditning tutgan o‘rni va ahamiyati, ichki auditning me’yoriy-huquqiy asoslari, ichki audit xizmatini tashkil etish, ichki auditni rejalashtirish, ichki audit usullari, biznes-jarayonlar va risklar ichki auditi, ichki auditning yakuniy bosqichi kabi mavzular yoritilgan.
«Ichki audit» nomli o‘quv qo‘llanma mavzu bo‘yicha masalalar, nazorat savollari, test materiallari, glossariy, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Mazkur o‘quv qo‘llanma talabalarning mustaqil ishlashi, shuningdek, professor-o‘qituvchilarga amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda yordam berish uchun mo‘ljallangan.