“Iqtisodiy xavfsizlik” nomli darslik tayyorlandi

“Iqtisodiy xavfsizlik” nomli darslik tayyorlandi

Toshkent moliya instituti “Iqtisodiy xavfsizlik” kafedrasi “Iqtisodiy xavfsizlik” kafedrasi katta o‘qituvchisi Umarova Malika Ne’matjanovna tomonidan “Iqtisodiy xavfsizlik” nomli o‘quv qo‘llanmasi nashr etildi.

 

Iqtisodiy xavfsizlik bu mamlakat iqtisodiyotining asosiy himoya tizimi bo‘lib, bu tizim davlatni tashqi va ichki iqtisodiy xavf-xatarlarni ko‘ra bilish va shu xatarlardan himoyalanish yo‘llarini o‘rganadi. Iqtisodiy xavfsizlik rivojlanayotgan yoki rivojlanmagan, umuman davlatning qanaqa holatdaligiga qaramasdan har bir davlatning barqarorligi, iqtisodiy o‘sishini himoyalashi uchun eng muhim tizim hisoblanadi. Iqtisodiy xavfsizlik milliy iqtisodiyot darajasida makroiqtisodiy kategoriya va muayyan mamlakat milliy iqtisodiyotini tavsiflaydi, bozor tizimida xatar borligidan va bundan hatto milliy iqtisodiyot ham xoli bo‘lmasligini, undan saqlanish zarurligini bildiradi.

O‘quv qo‘llanma 5232400-Iqtisodiy xavfsizlik ta’lim yo‘nalishi talabalari, magistrantlar, tadqiqotchilar, o‘qituvchilar va iqtisodiyot ilmiga qiziquvchilar uchun mo‘ljalangan.

 

00:00 / 2024-02-29
Success helper
Success warning