“Innovatsion yondashuv asosida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish” mavzusidagi xalqaro konferensiya
Toshkent moliya instituti, Qozon Federal universiteti (Rossiya), Polosk davlat universiteti (Belorussiya), Bayneri universitetlari (Malayziya) bilan hamkorlikda 2022-yil 16-sentyabr kuni “Innovatsion yondashuv asosida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish” mavzusidagi xalqaro konferensiya oʻtkaziladi.
Konferensiyaning yoʻnalishlari:
1. Oʻzbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishning oʻziga xos xususiyatlari va ularda innovatsion usullarni qoʻllash.
2. Auditorlik faoliyatida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan foydalanishning ustivor masalalari.
3. Iqtisodiy tahlilning axborot manbalarini shakllantirishda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari oʻrni.
4. Tijorat banklarida buxgalteriya hisobi va audit tizimini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablari asosida takomillashtirish.
6. Davlat sektorida byudjet hisobi va ichki audit tizimini xalqaro standartlarga uygʻunlashtirish.
Anjumanga taqdim etiladigan materiallarga talablar:
− taqdim etiladigan materiallar anjuman ilmiy yoʻnalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, ilmiy-amaliy tavsiyalarni oʻz ichiga qamrab olgan holda, imloviy xatolarsiz, muallif anketasi toʻldirilgan holda taqdim etilishi lozim;
− materiallar oʻzbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin;
− maʼruza tezislari matnlari tahrir qilingan holda A4 oʻlchamda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan 1,5 sm joy qoldirib rasmiylashtiriladi. Yuqori qismda oʻrtada maqolaning nomi, 1,5 intervaldan soʻng muallifning toʻliq familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, tashkilot nomi, elektron manzili yoziladi.Soʻngra, 1,0 interval qoldirilib, matnning mazmuni 1,0 intervalli qatorlarda yoziladi. Matnning elektron nusxasi MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 14 kegel kattaligida, 3 betdan kam boʻlmagan hajmda boʻlishi talab etiladi;
Materialning tuzilishi:
1. Tadqiqot mavzusining dolzarbligi;
2. Tadqiqot mavzusidagi mavjud muammolar;
3. Muammoni hal qilish usullari;
4. Ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar;
5. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati.
Asosiy sanalar:
Maqolalarni qabul qilish – 2022-yil 20-avgustgacha;
Maqola qabul qilinganligini tasdiqlash – 2022-yil 25-avgustgacha;
Konferensiyani oʻtkazish – 2022-yil 16-sentyabr.
Taqdim etiladigan materiallar anjumanning qaysi ilmiy yoʻnalishiga moʻljallanganligi aniq koʻrsatilishi zarur. Materialda keltirilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi va plagiatdan holiligiga muallifning shaxsan oʻzi masʼul hisoblanadi. Tashkiliy qoʻmita yuborilgan materiallarni tahrir qilish huquqiga ega. Anjuman mavzusiga mos boʻlmagan, tegishli talablarga javob bermaydigan, ilmiy-amaliy tavsiyaga ega boʻlmagan va kechikib topshirilgan materiallar toʻplamga kiritilmaydi va muallifga qaytarilmaydi;
Anjumanga materiallarni taqdim etish muddati. Anjumanda qatnashish uchun talabgorlar 2022-yil 20-avgustgacha belgilangan tartibda materiallarni va anketani quyida koʻrsatilgan elektron manzilga joʻnatishlari lozim.
Murojaat uchun manzil. 100000 Toshkent shahri, A.Temur koʻchasi 60A, Toshkent moliya instituti (TMI), “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti binosi 1-qavat, “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi.
Masʼul: Ochilov Ilyos Keldiyorovich, TMI “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi dotsenti, tel.: (8371)-235-37-46; mob.: +99894-657-24-71. e-mail: ilyos0471@mail.ru.
Xalilov Sherzod Axmatovich, TMI “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi dotsenti mob.:+998938717000.
Mirsadikova Dilobar Dilshodovna TMI “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi oʻqituvchisi mob.: +998909086876.
Materiallarning elektron varianti quyidagi manzillarga yuborilishi mumkin:
e-mail: conference-accounting-2022@mail.ru
Telegram: https://t.me/+4dA_d4TpIPxkNjdi
Xat mavzusida “Anjuman uchun tezis” deb yozilishi kerak.
Anjuman oʻtkazish shakli: bevosita va sirtqi.