“MOLIYAVIY MENEJMENT” NOMLI ELEKTRON DARSLIK TAYYORLANDI
Toshkent moliya institutining “Korporativ moliya va qimmatli qogʻozlar” kafedrasi professori DSc. O.N.Xamdamov va “Byudjet hisobi va gʻaznachilik” fakulteti dekani PhD, dotsent R.B.Saidovning «Moliyaviy menejment» fanidan elektron darsligi nashr etildi.
Elektron darslik 60410400-Moliya va moliyaviy texnologiyalar, 60410500-Bank ishi va auditi va 60410100- Buxgalteriya hisobi va auditi mutaxassisliklari uchun moʻljallangan va zamonaviy mehnat bozorining talablariga asoslanadi. Elektron darslik mantiqan tuzilgan va “Moliyaviy menejment” fanini oʻrganish uchun oʻquv materiallarining butun spektrini qamrab oladi.
Darslik moliyaviy menejmentning iqtisodiy mohiyati, rivojlanish bosqichlari, konseptual asoslari, moliyaviy menejmentning funksiya va vazifalari, aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejmentni tashkil etish mexanizmi va tashkiliy xususiyatlari, mazkur yoʻnalishda xorijiy davlatlarning tajribalari, moliyaviy rejalashtirish va byudjetlashtirish, korxona pul oqimlarini boshqarish, kapital va moliyaviy taʼminot jarayonlarini boshqarish, investitsion loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholash usullari, moliyaviy risklarni baholash va boshqarish, aktsiyadorlik jamiyatlarida inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruvni tashkil etish hamda aksiyadorlik jamiyatlarida tarkibiy oʻzgartirishlarni amalga oshirish jarayonlarini boshqarish kabi mavzularga bagʻishlangan.
Elektron darslik maʼruzalar kursi, nazorat savollari, oʻz-oʻzini tekshirish testlari, glossariy va adabiyotlar roʻyxatidan iborat.
Elektron darslik talabalarning mustaqil ishlashi, shuningdek, oʻqituvchilarga maʼruza va amaliy mashgʻulotlar oʻtkazishda yordam berish uchun moʻljallangan.