PhD O’ktamova Nozima Narzulla qizi 29.07.2022
2022 yil 29 iyul soat 16-00 da Toshkent moliya instituti Rektorat binosining 4-qavat kichik anjumanlar zalida Toshkent moliya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.I.17.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish O’ktamova Nozima Narzulla qizining “Tijorat banklari aktivlari samaradorligini oshirish amaliyotini takomillashtirish” mavzusidagi mavzusidagi dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tadi.