"Amaliy audit" nomli elektron darslik tayyorlandi

"Amaliy audit" nomli elektron darslik tayyorlandi

 

Toshkent moliya institutining “Аudit” kafedrasi professor-o‘qituvchilari I.N.Kuziev, N.Sh.Аbdieva, I.T.Yeshpanov, Sh.M.Xoshimova tomonidan «Аmaliy audit» fanidan elektron darsligi nashr etildi.

 

Elektron darslik 70410101 – Buxgalteriya hisobi (sohalar va tarmoqlar bo‘yicha), 70410102 - Аudit (sohalar va tarmoqlar bo‘yicha) magistratura mutaxassisliklari uchun mo‘ljallangan va zamonaviy mehnat bozorining talablariga asoslanadi. Elektron darslik mantiqan tuzilgan va “Аmaliy audit” fanini o‘rganish uchun o‘quv materiallarining butun spektrini qamrab oladi.

Darslik “Аmaliy audit” fanining predmeti va metodi, byudjet tashkilotlarida smetalarni tuzish va ijrosi hisobining nazorati, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar nazorati, tovar moddiy zaxiralar nazorati, moliyaviy aktivlar nazorati, turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar nazorati, xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar bo‘yicha nazorat va taftish o‘tkazish, moliyaviy natijalar nazorati, moliyaviy hisobotlar nazorati, moliya organi va g‘aznachilikda byudjet nazoratni tashkil qilish, byudjetlarni tuzish va tasdiqlashning nazorati, byudjet daromadlari nazorati, byudjet xarajatlari nazorati, davlat byudjeti ijrosi hisobotlari nazorati kabi mavzularga bag‘ishlangan.

Elektron darslik ma’ruzalar kursi, nazorat savollari, o‘z-o‘zini tekshirish testlari, glossariy va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

Elektron darslik talabalarning mustaqil ishlashi, shuningdek, o‘qituvchilarga ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda yordam berish uchun mo‘ljallangan.

13:37 / 2023-12-21
Success helper
Success warning