"Ekonometrika-2: Ekonometrik modellashtirish" elektron darsligi tayyorlandi

"Ekonometrika-2: Ekonometrik modellashtirish" elektron darsligi tayyorlandi

 

Toshkent moliya instituti «Statistika va ekonometrika» kafedrasi professori Ibroxim Xabibullaev, dotsent Bunyod Utanov, katta o‘qituvchilar Maxbuba Muminova hamda Nigora Hayitovaning magistrlar uchun «Ekonometrika-2: Ekonometrik modellashtirish» elektron darsligi tayyorlandi.

 

Elektron darslikda nazariy qism, mavzuga oid masalalarni ekonometrik modellarini tuzish tartibi, taqdimotlar iqtisodiy jarayonlarni ekonometrik modellashtirishda foydalaniladigan asosiy tayanch iboralar va statistik hisob-kitoblarni amalga oshirishda ko‘mak beruvchi yordamchi jadvallar hamda o‘quvchi olgan bilimlarini sinab ko‘rish uchun test va savollardan iborat bo‘lib, bo‘lajak iqtisodchilar uchun ekonometrik modellashtirish usullarini yanada chuqurroq o‘zlashtirish imkonini beradi.

14:13 / 2024-01-12
Success helper
Success warning