“Инвестиции и инновации” nomli rus tilidagi amaliy mashg‘ulotlar uchun elektron o‘quv qo‘llanma tayyorlandi

“Инвестиции и инновации” nomli rus tilidagi amaliy mashg‘ulotlar uchun elektron o‘quv qo‘llanma tayyorlandi

 

“Инвестиции и инновации” fanining elektron o‘quv qo‘llanmasi

 

“Инвестиции и инновации” nomli rus tilidagi amaliy mashg‘ulotlar uchun elektron o‘quv qo‘llanma “Investitsiya va innovatsiyalar” fanining o‘quv dasturi va ishchi o‘quv dasturida bayon etilgan asosiy mavzular yoritib berilgan. Ushbu elektron o‘quv qo‘llanmaning maqsadi o‘qituvchilarga amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish, tashkil etish va o‘tkazishda, shuningdek, talabalarga “Investitsiya va innovatsiyalar” fanidan amaliy mashg‘ulotlarga mustaqil tayyorgarlik ko‘rishda ko‘maklashishdir.

Ushbu qo‘llanmada har bir mavzu bo‘yicha batafsil amaliy materiallar, mavzular bo‘yicha asosiy atamalar va tushunchalar, talabalarning har bir mavzu bo‘yicha materialni o‘zlashtirishlari va o‘zlarini tekshirishlari uchun nazorat savollari, test savollari, topshiriqlar, mustaqil ishlar mavzulari keltirilgan. Qo‘llanmada mavzularga oid glossariy va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.

Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtining 5230600-Moiya va Moliyaviy texnologiyalar, 5230900-Buxgalteriya hisobi va audit,  5231200-Sugurta ishi ta’lim yo‘nalishlarida o‘qiyotgan bakalavrlarga, mustaqil tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar va investitsiya sohasiga qiziquvchi hamda shug‘ullanuvchilarga mo‘ljallangan.

12:36 / 2024-01-18
Success helper
Success warning